“Menda ozgina qo‘rquv bor”. “Million” jamoasining sobiq vakili Shahlo Zoirova “Milliy Art” jamoasining ilk konserti haqida

15:33 05 Avgust 2018 Madaniyat
817 0

 “Million” jamoasining sobiq, “Milliy Art” kulgu jamoasining a’zosi Shahlo Zoirova “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi

Foto: instagram

Intervyu davomida Shahlo Zoirova “Milliy Art” jamoasining konsert tayyorgarliklari haqida gapirib berdi.

Nasib bo‘lsa sentabr oyida yangi jamoamiz bilan konsert qo‘yish arafasida turibmiz. Tayyorgarlik jarayonlari allaqachon boshlanib, davom etmoqda. Muxlislarimiz “mana shu safar zo‘r chiqsanglar bo‘ldi sizlarni deymiz, sizlar zo‘r bo‘lasizlar”, deyishmoqda. Ammo birorta odamdan eshitmadimki “sizlar yangi jamoa sifatida ilk marta chiqish qilmoqchisizlar, mayli, birinchisi sal bo‘shroq bo‘lishi mumkin, keyingi safar zo‘r bo‘lib ketaverasizlar”, degan gap yo‘q, hamma “zo‘r chiqishi kerak, zo‘r bo‘lishi kerak”, demoqda. Shu sababdanmi, menda ozgina qo‘rquv bor, qo‘rqyapman, hayajonlanyapman. Shu kunlarni nasib qilgan, qobilyatni bergan xudoyim xalqimizning, muxlislarimizning oldida yuzimizni yorug‘ qilsin illohim. Muxlislarimiz salgina xato bo‘lsa bizdan yuz o‘girishmas deb o‘ylayman.
Shahlo Zoirova, “Milliy Art” jamoasi a’zosi


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?