Meksika terma jamoasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” xizmatidan foydalandi

17:03 02 Iyul 2018 Sport
431 0

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Meksikaga charter qatnovini bajardi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar tarqatdi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi 2018 yil 30 iyun kuni Vnukovo-Mexiko yo‘nalishi bo‘ylab charter qatnovini amalga oshiradi», — deyiladi xabarda.

Xabarda qayd qilinishicha, parvoz Boeing-787 Dreamliner havo laynerida bajariladi.

Mazkur qatnovga Meksikaning futbol bo‘yicha milliy terma jamoasi ma’muriyati jamoa muxlislarini Moskvadan Mexiko shahriga tashish uchun buyurtma bergan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?