Meksika koronavirus qurbonlari soni boʻyicha dunyoda uchinchi oʻringa chiqdi

19:07 01 Avgust 2020 Dunyo
220 0

Foto: glavcom.ua

Koronavirus bilan bogʻliq oʻlim koʻrsatkichi AQSHda eng yuqori boʻlib turibdi — 153 314 kishi. Keyingi oʻrinda turgan Braziliyada 92 475 oʻlim holati. 46 204 ta oʻlim qayd etilgan Buyuk Britaniya ushbu roʻyxatda toʻrtinchi pogʻonadan joy olgan.

Meksikada koronavirusning birinchi holati 2020-yil fevral oyining oxirida tasdiqlangan. Ammo infeksiya tarqalishi bahorning oxirida kuchaya boshladi va iyun oʻrtalariga qadar mamlakatda har kuni oʻrtacha 1000 ta oʻlim holati qayd etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?