Meksika chegarada devor qurilishi uchun pul bermaydi

10:50 30 Avgust 2018 Dunyo
279 0

Meksika prezidenti Enrike Penya Nyeto oʻz mamlakati AQSH bilan chegarada devor qurilishi uchun haq toʻlamasligini eʼlon qildi. U bu haqda oʻzining Twitter sahifasida yozgan.

Maʼlumki, AQSH rahbari Donald Tramp FIFA prezidenti Janni Infantino bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda Mexiko devor uchun pul toʻlashi va bu ishni bajarish u uchun osonligini aytib oʻtgandi.

Meksika prezidenti esa ana shu fikrga shu tariqa munosabat bildirdi.

Maʼlumot uchun, Tramp 2017 yil yanvar oyida inauguratsiya marosimidan soʻng davlat chegaralarini muhofaza qilishga oid hamda immigratsiya toʻgʻrisidagi ikkita farmonga imzo chekkandi. Mazkur hujjatlarda noqonuniy muhojirlar va narkotiklarning kirib kelishini toʻxtatish, AQSHga kelgan noqonuniy mehmonlarni ommaviy tarzda koʻchirib yuborish belgilab qoʻyilgandi.

Eslatib oʻtamiz, Tramp Meksika bilan chegaraga toʻsiq oʻrnatish uchun Kongressdan 25 milliard dollar ajratishini soʻrab kelayotgan boʻlsa, Senatda bu maqsadlar uchun 1,6 milliard dollar yoʻnaltirishni koʻzda tutuvchi qonun loyihasi koʻrib chiqilyapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?