Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun yaratilgan sharoitlar —Bosh prokuraturaning doimiy eʼtiborida

17:23 02 Dekabr 2019 Jamiyat
81 0

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga yaratilgan sharoitlar hamda taʼlim-tarbiya jarayoni Bosh prokuraturaning doimiy eʼtiborida boʻlib kelmoqda.

Bosh prokuratura tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi, Xalq taʼlimi boshqarmasi va Qamashi tumani hokimligi bilan hamkorlikda Qamashi tumanidagi 4-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun tadbir tashkil etilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusni amalda keng joriy etish, xususan, ularni sportga va kitobxonlikka keng jalb qilish, maʼnaviy va jismoniy rivojlanishi uchun turli nomdagi kitoblar hamda sport jihozlari topshirildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar bilan suhbatlashilib, ular uchun tadbir dasturxoni va konsert dasturi tashkil etildi.

Kelgusida mamlakatimizda bolalarni sogʻlom ruhda tarbiyalash, oʻzlariga boʻlgan ishonchini mustahkamlash, jamiyatda faol ishtirok etishda koʻmaklashadigan toʻliq va munosib sharoitlarda tarbiyalanishlariga qaratilgan bunday tadbirlar koʻplab oʻtkazilishi rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?