“Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni bilan 26 ming kishi taqdirlanadi

13:27 09 Sentyabr 2020 Hujjatlar
522 0

Hukumatning tegishli qarori bilan “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadigan sogʻliqni saqlash sohasining jonkuyar vakillari, saxovatli tadbirkorlar, davlat tashkilotlari va jamoat birlashmalarining fidoyi xodimlari hamda boshqa tashabbuskor va faol fuqarolar roʻyxati tasdiqlandi.

Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Mehr-saxovat” koʻkrak nishonlari oʻz egalariga joylarda tantanali vaziyatda topshirilishini tashkil etadi.

“Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi tomonidan tasdiqlangan namunalar asosida jami 26 ming dona “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni, ularning guvohnomalari va gʻiloflari tayyorlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?