Mehnat sharoitlari noqulay boʻlgan hududlar roʻyxati belgilandi

15:56 10 Sentyabr 2019 Jamiyat
189 0

Hukumat qarori (743-son, 06.09.2019-y.) bilan Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari ogʻir va noqulay boʻlgan joylarda ishlovchi xodimlar mehnatiga haq toʻlashga tuman koeffitsiyentlarini, shuningdek, ularga har yili beriladigan qoʻshimcha taʼtilning eng kam muddatini belgilash va qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Yillik ustama va yillik qoʻshimcha taʼtillar tabiiy-iqlim sharoitlari ogʻir va noqulay boʻlgan joylar roʻyxatiga kiritilgan joylarda ishlarni bajaruvchi barcha xodimlarga qoʻllaniladi va beriladi.

Bunda ustama miqdori ushbu joy uchun belgilangan tegishli koeffitsiyentni ish haqi summasiga koʻpaytirish orqali belgilanadi.

Ustamalar xodim ushbu joyda yashashi yoki yashamasligidan qatʼi nazar ish joyi boʻyicha toʻlanadi.

Roʻyxatda koʻrsatilgan hududlarga bir oydan ortiq muddatga xizmat safariga yuborilgan xodimlarga ham mazkur hududda boʻlgan vaqti uchun ushbu joy uchun nazarda tutilgan miqdorda ustama toʻlanadi.

Bunda ustama mehnatga doir qonun hujjatlarida nazarda tutilgan safarlarda xarajatlarni qoplash uchun toʻlovdan qatʼi nazar toʻlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?