Mehnat migrantlariga uy beriladi

10:00 22 Avgust 2019 Jamiyat
292 0

Arxiv foto

“Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila aʼzolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Farmonga koʻra:

-uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020-yilda koʻp kvartirali uylardan respublika boʻyicha jami 3 462 ta xonadon ajratiladi;

-mehnat migrantlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan kreditlarni qaytarishni “Aziya invest bank” AJ va Rossiyadagi boshqa hamkor-banklar orqali Rossiya rublida, shu jumladan elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshirish mexanizmi joriy qilinadi.

2019-yil 1-oktyabrdan:

-mehnat migrantlariga – 1 bank kuni davomida pasport, ariza va mehnat organining iltimosnomasi asosida 2019–2020-yillarda 10 foiz va 2021-yilda 12 foiz stavkada 2 mln soʻm miqdorida 1 yil muddatga mikroqarzlar berish;

-sugʻurta kompaniyalariga – yiliga 1 marotaba xorijdagi vaqtinchalik mehnat migrantlari hayoti va sogʻligʻini sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta mukofoti summasini qoplash uchun har bir mehnat migranti uchun 50 000 soʻm miqdorida bir martalik subsidiyalar taqdim etish amaliyoti joriy etiladi.

Farmonga muvofiq:

-Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha respublika komissiyasi;

-Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash masalalari departamenti tashkil etildi.

Farmon bilan:

-2019-yil 1-oktyabrga qadar “Yagona milliy mehnat tizimi” axborot tizimi doirasida “labor-migration” dasturiy majmuasini joriy etilishi;

-Farmonda nazarda tutilgan kreditlar, subsidiyalar, mikroqarzlar va koʻp kvartirali uylardagi xonadonlar “labor-migration” dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan mehnat migrantlariga taqdim etilishi belgilandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?