Mehmonxonada yongʻin chiqdi. Qurbonlar bor.

14:40 13 Fevral 2019 Dunyo
542 0

Hindiston poytaxti Nyu-Deli shahridagi markazi tumanlardan biridagi Arpit Palace mehmonxonasida kelib chiqqan yongʻin oqibatida kamida 17 kishi hayotdan koʻz yumdi. Bu haqda NDTV xabar berdi.

Yongʻin mehmonxonaning eng yuqoridagi ikkita qavatida tonggi taxminan soat 4larda boshlangan. Guvohlarning aytishicha, bu paytda mehmonxona mijozlari va xodimlarining koʻpchiligi uxlayotgan boʻlgan. Fojia joyiga 20 ta oʻt oʻchirish mashinasi yetib kelgan. Olov ertalabki soat 7larda nazoratga olingan. Qutqaruv operatsiyasi chogʻida qariyb 50 kishi binodan olib chiqilgan.

Hozircha jabrlanganlar haqida rasmiy maʼlumot yoʻq. Halok boʻlganlar orasida yongʻin paytida oynadan sakragan ayol va bola borligiga aniqlik kiritilyapti. Hodisa sabablari oʻrganilyapti.

Mehmonxona Nyu-Delining turistlar orasida mashhur boʻlgan hududida joylashgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?