Mebelsozlik korxonalariga yer ajratiladi – Prezident topshirigʻi

16:40 04 Sentyabr 2020 Jamiyat
239 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha islohotlar natijadorligi tahliliga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilishda bu borada hali ishga solinmagan imkoniyatlar koʻpligi taʼkidlanib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilandi. Sohada xususiy sektorni jalb qilgan holda oʻrmon yerlarini oʻzlashtirish, yilqichilik, chorvachilik, urugʻchilik, koʻchatchilik, turizmni keng yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Yana 50 ming gektar oʻrmonzor barpo etib, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan hamda Toshkent viloyatlarida yongʻoq, pista va bodom plantatsiyalari tashkil qilish imkoniyati borligi koʻrsatib oʻtildi.

Mebelsozlik korxonalari xomashyoning 90 foizini import qilayotganidan kelib chiqib, ularga klaster usulida pavlovniya va boshqa mebelbop daraxtlar yetishtirish uchun yer ajratish boʻyicha topshiriq berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?