Mebel tayyorlab berishni vaʼda qilib, fuqarolarni aldab kelgan duradgor qoʻlga olindi

11:00 22 Avgust 2019 Jamiyat
77 0

Kogon shahar Zirabod koʻchasida yashovchi, yakka tartibda ishlaydigan, 1982-yilda tugʻilgan S.B. Kogon shahar “Buxoro shoh” koʻchasida joylashgan, yaqinda foydalanishga topshirilgan “Sohibkor dehqon bozori”da savdogarlarning doʻkonlari uchun mebel jihozlari juda zarur ekanligini bilgan. Shundan foydalanib bir nechta fuqarolarning savdo doʻkoniga yogʻochli polka yasab, oʻrnatib berishni vaʼda qilgan. Yogʻoch va boshqa mahsulotlarini sotib olishi uchun oldindan pulini berishi kerakligini bildirib, ularning pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.

Jumladan, Kogon shahar Turon koʻchasida yashovchi, A.A.dan 3.000.000 soʻm, Kogon tumani Beklar MFYda yashovchi F.D.dan 2.700.000 soʻm, shu mahallada yashovchi fuqaro N.N.dan 1.000 AQSH dollari pullarini aldash va ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan qoʻlga kiritib, pullarni oʻz ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan. Holat yuzasidan S.B.ga nisbatan JKning 168-moddasi 1 va 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, deb xabar berdi Buxoro IIB.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?