MCHJning sobiq rahbari 2,6 mlrd soʻmlik mulkni talon-toroj qilgani aniqlandi

11:35 16 Sentyabr 2020 Jamiyat
71 0

MCHJning 2,6 mlrd soʻmlik mulkini talon-toroj qilgan sobiq rahbariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.S.” MCHJ sobiq taʼsischisi va rahbari S.T. MIB Bekobod shahar boʻlimining dalolatnomasiga asosan savdoga chiqarish uchun topshirilgan 4,3 mlrd soʻmlik 4 841 dona televizor va butlovchi qismlarini savdoga chiqarmasdan ularning qiymatini 2,6 mlrd soʻmga arzonlashtirib, “A.B.K.” MCHJga oʻtkazib, “S.S.” MCHJning 2,6 mlrd soʻmlik mulkini talon-toroj qilganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan S.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?