MCHJ rahbari “Agrobank” filiali boʻlim boshligʻi bilan qariyb 100 mln. kredit mablagʻlarini talon-taroj qilgani aniqlandi

12:05 28 Oktyabr 2019 Jamiyat
57 0

Illyustrativ foto

“Toʻraqoʻrgʻon A.T.” MCHJ rahbari Gʻ.T. (1981-y.t.) ATB “Agrobank” Toʻraqoʻrgʻon tumani filiali boʻlim boshligʻi N.E. (1990-y.t.) bilan birgalikda ushbu bankdan 4 nafar fuqarolarning nomlariga jami 99,2 mln. soʻm kredit pul mablagʻlarini issiqxona qurish maqsadida olib, talon-taroj qilganliklari aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi boshligʻi Hayot Shamsutdinov xabar qildi.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Toʻraqoʻrgʻon tumani boʻlimi tomonidan JKning 167-moddasi 2-qismi “b, v” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?