Majburiy toʻlovlarni onlayn rejimda toʻlash imkoniyati yaratiladi

16:55 06 Oktyabr 2020 Hujjatlar
197 0

“Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–6079-son, 05.10.2020-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:

• “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi hamda uni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”;

• 2020–2022-yillarda hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari.

Belgilangan yillarda hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari doirasida, jumladan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli sohalarida 400 dan ortiq axborot tizimlari, elektron xizmatlar va boshqa dasturiy mahsulotlar joriy etiladi.

Farmon bilan 29 ta namunaviy tuman (shahar)larda 2020-yilda va 2021-yil I choragi yakuniga qadar raqamli transformatsiya qilish loyihalari amalga oshiriladi.

2020-yil 1-noyabrdan investitsiya loyihalari hamda jalb etilayotgan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va donor mamlakatlar mablagʻlarining 5 foizdan kam boʻlmagan qismi “raqamli” komponentlarga yoʻnaltiriladi.

Farmonga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish hamda Adliya vazirliklari va ular tasarrufidagi tashkilotlarda “Raqamli idora” loyihasi amalga oshiriladi.

Loyiha doirasida, jumladan, 2022-yil 1-yanvarga qadar qogʻozsiz elektron hujjat almashinuvi va ish yuritishni tashkil qilgan holda barcha maʼmuriy tartib-taomillar va operatsion jarayonlar raqamlashtiriladi.

• 2021-yil 1-avgustdan davlat bojlari, yigʻimlar, jarimalar va boshqa majburiy toʻlovlarni onlayn rejimda toʻlash imkoniyati yaratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?