Majburiy mehnatga yoʻl qoʻygan 30 nafar amaldor lavozimidan ozod etildi

Arxiv foto
Majburiy mehnat. Soʻnggi ikki yil davomida uning oldini olish, unga qarshi kurashish — davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Shunday boʻlsa-da, hali ham oʻz qoʻli ostidagilarni majburiy mehnatga undayotgan rahbarlarning borligi tizimda olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirishni taqozo etmoqda.
Jumladan, yil boshidan buyon shu masalada huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻygan shaxslarga nisbatan mansab lavozimidan qatʼiy nazar qonunda belgilangan tartibda choralar koʻrilgan. 169 nafar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish kompleksi boʻyicha sektorlar rahbarlari, yaʼni tuman va shahar hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati organlari rahbarlari intizomiy javobgarlikka tortilgan. Ularning 30 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Bu raqamlar Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi, Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi hamda Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini taʼminlash masalalari boʻyicha Parlament komissiyasining qoʻshma majlisida aytib oʻtildi. Shuningdek, unda Xalqaro mehnat tashkilotining “Majburiy mehnat toʻgʻrisida”gi hamda “Majburiy mehnatni tugatish toʻgʻrisida”gi konvensiyalarining mamlakatimizda ijro etilishi holatini oʻrganish natijalari muhokama qilindi.
Agar ilgari paxta yigʻim terimi majburiy mehnatdan foydalanishning turli shakllari namoyon boʻladigan jarayon sifatida qayd etilgan boʻlsa, endilikda, aksincha, bu mavsum fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning mehnat huquqlarini roʻyobga chiqarish, ishga layoqatli aholining bandligini taʼminlash va fuqarolar daromadlarini oshirishning manbaiga aylanmoqda. Xususan, bu borada joylarda terimchilarning moddiy manfaatdorligini taʼminlash hamda paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarning moliyaviy holatini yanada mustahkamlash choralari koʻrilgan. Paxta — 2018 mavsumiga zamonaviy bozor mexanizmlarining joriy etilishi bu borada ijobiy natijalarga erishishni taʼminladi.
Majlisda bir qator huquqbuzarlik holatlari aniq misollar bilan keltirildi. Xususan, Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 83- umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori M. Mavlonov tomonidan maktab oʻqituvchilari oʻz roziligisiz obodonlashtirish ishlariga jalb qilingan. Jizzax viloyati Zafarobod tumani hokimligi tomonidan tumandagi 4 ta kasb-hunar kolleji rahbarlari “Obod qishloq” dasturi doirasida hududlarga biriktirilib, aholi xonadonlarini buzish, taʼmirlash va qayta qurish ishlariga jalb qilingani kuzatilgan.
— Majburiy mehnatga direktor oʻz xohishi bilan qoʻli ostidagi xodimlarni jalb qilmaydi, — deydi xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov. — U tuman miqyosida ish olib borayotgan rahbarlarning ogʻzaki topshiriqlari asosida shu ishga qoʻl uradi. Masalaning asl sabablarini oʻrganishimiz kerak. Avvalo, hududiy kesimda ish olib borayotgan rahbarlarning bu boradagi masʼuliyati va huquqiy bilimlarini oshirish lozim.
Majlis ishtirokchilari tomonidan majburiy mehnatning har qanday shakllaridan foydalanishning oldini olish uchun joylarda yoʻlga qoʻyilayotgan monitoring va qayta aloqa mexanizmlari, jamoatchilik va parlament nazoratini kuchaytirish zarurligi aytildi.
— Biz joylarda aholi bilan uchrashib, ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishganimizda mehnat huquqlarining buzilishiga koʻp guvoh boʻlyapmiz, — deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisi Mavluda Xoʻjayeva. — Buning asosiy sabablari fuqarolar oʻzlarining mehnat huquqlarini bilmasligi, ish beruvchilarning zimmasiga qanday masʼuliyat yuklanganidan bexabarligi bilan bogʻliq. Eng achinarlisi, odamlarimiz oʻz huquqlarini talab qila olmaydi. Majburiy mehnatning asl sabablari ham shunda aslida. Bu borada qilinishi lozim boʻlgan ishlarimizni hududlarda, tumanlar kesimida yanada kuchaytirish tarafdorimiz.
Majlisda ushbu yoʻnalishda qilinishi lozim boʻlgan tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
- Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: