“Majburiy mehnat barcha sohalarga tegishli“

15:55 13 Sentyabr 2019 Jamiyat
74 0

AOKAda dolzarb masalaga bagʻishlangan anjuman davom etmoqda. Tadbirda taʼkidlanishicha, bugungi kunda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa hamkor tashkilotlarga taqdimnomalar yuborilgan. Bu esa majburiy mehnatga birgalikda qarshi kurashishni anglatadi.

Maʼlumotlarga koʻra, oʻtgan yil mobaynida olib borilgan chora-tadbirlar mamlakatimizda paxta terimi mavsumida mehnat huquqlarini buzganligi uchun 160 dan ortiq mansabdor shaxslar lavozimidan ozod etish yoki tushirilish, jarima toʻlash singari maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

- Majburiy mehnat barcha sohalarga tegishli. - deydi Xalqaro mehnat tashkilotining “Uchinchi tomon monitoringi“ yetakchi mutaxassisi Yonus Astrup. - Bu holni dunyo miqyosida barcha sohada turli koʻrinishlarda kuzatishimiz mumkin. Bugunga qadar koʻrilgan chora-tadbirlar sezilarli samarasini koʻrsatmoqda. Shunga qaramay ayrim hududlarda majburiy mehnat holatlari quloqqa chalinmoqda. Bunday hollarda oʻsha joyning oʻziga borib, holatni oʻrganib, muammolarni bartaraf etib bormoqdamiz.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?