Mavsum endi boshlanishiga qaramay, paxta topshirish rejasini ortigʻi bilan bajarganlar bor

15:15 16 Sentyabr 2020 Iqtisodiyot
112 0

Andijon viloyatida paxta hosilini yigʻib olish mavsumi endi boshlangan boʻlishiga qaramay viloyatdagi ikkita fermer xoʻjaligi yillik rejasini ortigʻi bilan bajardi.

Ulugʻnor tumanidagi “Namuna” massivida joylashgan «Boburshoh» fermer xoʻjaligi qabul punktiga 18,1 tonna paxta topshirib, rejani 110,3 foizga bajardi.

— Bu yil 8,4 gektar yerga chigit ekkan edik. Tinimsiz mehnat evaziga hosilimiz moʻl boʻldi. Birinchi terimdayoq rejadagi 16,4 tonna oʻrniga 18,1 tonna paxta topshirib, rejani ortigʻi bilan uddaladik. Yuzimiz yorugʻ boʻlganidan mamnunmiz, - deydi fermer xoʻjaligi rahbari Qodirjon Qoʻziyev.

Izboskan tumanidagi «Ubaydullo ximmati» fermer xoʻjaligi aʼzolari ham 84.6 tonna oʻrniga 86.6 tonna paxta topshirib, rejani 102.4% ga bajardilar.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi” muxbiri

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?