Matonat eʼtirofga loyiqdir!

14:54 30 Avgust 2019 Jamiyat
177 0

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning shu yil 28 va 29-avgust kunlari qabul qilingan farmonlariga koʻra, Vatanimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimiz davlatimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan taqdirlandi.

Shu maʼnoda, Samarqand viloyatidan ham turli soha fidoyilariga 30-avgust kuni Samarqand viloyati hokimligida ushbu mukofotlarni tantanali topshirish marosimi oʻtkazildi.

– Muhtaram Prezidentimiz tomonidan taqdirlanganlarning koʻzlarida yuksak gʻurur va matonatni koʻryapman, - deydi Samarqand viloyat nogironlar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazi bosh shifokori oʻrinbosari Olga Nikolayevna Buzina. - Kasbim kardiolog. Uzoq yillardan beri shu muassasada faoliyat koʻrsatib kelyapman. Inson salomatligini asrash, biz shifokorlarning oliy maqsadimizdir. Men ham el-yurt oldidagi kamtarin xizmatlarim uchun “Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlandim.Shuningdek, men kabi mukofotlangan barcha hamkasblarimni chin yurakdan tabriklayman. Fursatdan foydalanib, avvalo barcha yurtdoshlarimni Mustaqilligimizning 28 - yillik bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etaman. 
Umid SORIYEV, 
(Xalq soʻzi)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?