Matiz Rossiyada eng ko‘p sog‘inilgan mashina bo‘ldi

16:45 24 Iyul 2018 Iqtisodiyot
420 0
Foto: GM Uzbekistan

Rossiyalik mutaxassislar ayni damda ishlab chiqarish to‘xtatilgan avtomobillar orasida xaridorlar eng sog‘ingan modellar nomini e’lon qildi.

Rossiya avtomobillar portalida yozilgan xabarga ko‘ra, oldin O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Daewoo Matiz avtomobili –rossiyalik avtomobilchilar eng sog‘ingan avtomobil bo‘ldi.

Ikkinchi o‘rinda Hyundai ix35 krossoveri. Uning o‘rnida ayni damda Hyundai Tucson ishlab chiqarilmoqda.

Ushbu reytingning uchinchi qatorini AvtoVAZning Lada Samara avtomobili egallagan. Ayni damda Samara o‘rnida Lada Granta avtomobillari sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning iyul oyidan boshlab “GM Uzbekistan” AJ modellar qatorini yangilash borasidagi strategiyaga muvofiq hamda avtomobilning texnik eskirganligini inobatgan olgan holda “Matiz” ishlab chiqarishni to‘xtatishga qaror qilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?