Matbuotchilar ko‘chasida katta o‘zgarish 

18:26 22 May 2018 Jamiyat
721 0

Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan shu ulug‘ kunlarda yana bir savob yumushga qo‘l urildi. 

Ya’ni ilgari ayrim sabablarga ko‘ra, yopib qo‘yilgan Matbuotchilar ko‘chasi qayta ochilmoqda. Shu munosabat bilan ayni paytda ushbu ko‘chada, mana, ikki kecha-kunduz o‘nlab ishchilar ta’mirlash, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirilayapti. Bundan, ayniqsa, jurnalistlar xursand. Sababi, bundan 15-20 kun oldin “Matbuotchilar uyi” auksionga qo‘yilibdi, sotilarmish, gazetchilar ko‘chada qolarmish, degan gaplar urchib, xavotirda qolgan qalam ahli bugun bunday gaplar ortda qolganidan, ulug‘ davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidovdan muxbirlarga meros bo‘lib qolgan bino oldi ko‘rkamlashib borayotganidan boshi osmonda. Hamkasblar bir-birini qutlab, tabriklagan, “mana bo‘larkan-ku” deb bu ishlarni boshida turganlarga rahmat deyishmoqda. 

Bunday o‘zgarishlar nafaqat jurnalistlar, balki shahar aholisiga ham xush kayfiyat ulashmoqda, desak mubolag‘a emas. Negaki, endilikda Amir Temur xiyoboni («Ugolok» kafesi) aylanma yo‘li va Zarafshon ko‘chasi oralig‘ida hamda Sh. Rashidov shoh ko‘chasidan Matbuotchilar ko‘chasi bo‘ylab («Poytaxt» savdo markazi) Amir Temur xiyoboni aylanma yo‘ligacha bo‘lgan oraliqda transportlar harakati qayta tiklanadi. Bu esa, tabiiyki, shaharning qoq markazida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan avtomobillar tirbandligining oldini oladi. 
Maqsud JONIXONOV.

Hakim Yo`ldoshev "Xalq so`zi" olgan suratlar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?