“Matbuot tarqatuvchi”ning ikkita tuman boʻlimi harbiy qismlarga 11 mln. soʻmdan ziyod gazeta, jurnal va boshqa nashrlarni yetkazib bermagan

15:21 09 Dekabr 2019 Jamiyat
500 0

Arxiv foto

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi organlari tomonidan, davlatimiz rahbarining 2018-yil 4-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori va 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida muayyan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarning hayotiy va professional koʻnikmalarini ilm-maʼrifat asosida qalbi va ongiga singdirish, mamlakatimiz hayotidagi real ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar bilan uygʻun ravishda ularning bilimlarini oshirib borish, yon-atrofimiz va jahonda roʻy berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan oʻz vaqtida xabardor qilish maqsadida hududiy matbuot tarqatuvchi korxonalar va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar bilan gazeta, jurnal hamda boshqa nashrlarni harbiy qism va muassasalarga yetkazish borasida jamoaviy va yakka tartibdagi obunalar tashkil etilgan.

Taʼkidlash joizki, masʼul shaxslar tomonidan ushbu gazeta va jurnallarni oʻquvchiga oʻz vaqtida yetkazilishi katta ahamiyat kasb etadi.

Biroq oʻrganishlar ayrim vazirliklar tizimidagi harbiy qism va muassasalarning mansabdor shaxslari bu borada amalga oshirilayotgan ishlar ustidan yetarlicha nazorat oʻrnatmaganligini oqibatida, matbuot tarqatuvchi korxonalar va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar tomonidan obuna boʻlingan gazeta, jurnal hamda boshqa nashrlar oʻz vaqtida yoxud toʻliq yetkazib berilmaslik holatlariga yoʻl qoʻyib kelayotganligini koʻrsatmoqda.

Jumladan, Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan nazorat hududida joylashgan Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qism va muassasalarda 2019-yil uchun obuna boʻlingan nashrlarni oʻz vaqtida yetkazilishi ahvoli oʻrganilishi natijasida, matbuot tarqatuvchi korxonalar va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar tomonidan shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlar toʻliq bajarilmasdan, harbiy xizmatchilarning qonun bilan qoʻriqlanadigan huquqlari buzilib kelinayotganligi va yetti nomlanishdagi gazeta va jurnallar harbiy qismlarga obuna sonidan kam miqdorda yetkazib kelinayotganligi aniqlangan.

Masalan, “Matbuot tarqatuvchi” shoʻba korxonasining Sariosiyo va Sherobod tuman boʻlimlari tomonidan harbiy qismlarga joriy yilning oʻtgan davrida jami 11.346.000 soʻmlik gazeta, jurnal va boshqa nashrlar yetkazib berilmagan. Bu haqda Harbiy prokuratura maʼlum qildi.

Oʻrganish natijasiga koʻra, “Matbuot tarqatuvchi” shoʻba korxonasining Sherobod tumani boʻlimidan 9.355.000 soʻm, Sariosiyo tumani boʻlimidan 1.991.000 soʻm va Denov tumani boʻlimidan 8.234.180 soʻm moddiy zarar ixtiyoriy ravishda harbiy xizmatchilarga qaytarilishi, shuningdek “Matbuot yangiliklari” MCHJ tomonidan 6.250.000 soʻmlik gazeta, jurnal va boshqa nashrlar harbiy qismlarga yetkazib berilishiga erishilib, 2400 nafar harbiy xizmatchilarning buzilgan huquqlari tiklanib, tegishli prokuror nazorati hujjatlari kiritildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?