Masjidlar qanday tartibda ochiladi?

14:10 22 Avgust 2019 Jamiyat
170 0

Bu savolga “Huquqiy axborot” kanali javob berdi.

Unga koʻra, diniy tashkilotlar Hukumat tomonidan tasdiqlangan maxsus nizomga asosan adliya organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.

Mahalliy diniy tashkilotlar, shu jumladan masjidlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlar tegishli hududiy adliya organiga taqdim etiladi.

Adliya organi tomonidan ushbu ariza uch oygacha muddatda koʻrib chiqiladi va roʻyxatdan oʻtkazish yoki rad etish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, diniy tashkilotlar faqat davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻnggina yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan holda oʻz faoliyatini amalga oshirishi mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?