Surxondaryoda mast xotin o‘z erini pichoqlab qo‘ydi

15:25 28 May 2018 Jamiyat
778 0
Illyustrativ foto

Surxondaryo viloyatida ichib olgan er-xotinning urushi ko‘ngilsiz voqea bilan tugadi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd qilinishicha, 26 may kuni viloyatning Sho‘rchi tumanida yashovchi R.O‘. ismli ayol o‘zining 43 yoshga to‘lishi munosabati bilan uyushtirilgan bazmda ko‘p spirtli ichimlik ichgan va mast holda uyida o‘zaro janjal oqibatida, mast holda bo‘lgan turmush o‘rtog‘i I.M.ning qorniga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada I.M. kasalxonaga yotqizilgan. R.O‘. qo‘lga olingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019