Mast holdagi aka ukasining vafotiga sababchi boʻldi

11:12 15 Avgust 2019 Jamiyat
86 0

Qoraqalpogʻistodan mast holda ukasining oʻlimiga sababchi boʻlgan aka ustidan sud hukmi oʻqildi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Nukus shahri sudi maʼlumoti asosida kruz.uz xabar berdi.

2018-yil 20-aprel kuni soat 19:30 larda B.S spirtli ichimlik isteʼmol qilgan mast holatda oʻzining yashash manzili yaʼni, Nukus shahri, “Qыzыlqum” MFY, Qыzketken guzarы koʻchasi raqamsiz uyning hovlisidagi oʻrik daraxti oldida, spirtli ichimlik isteʼmol qilgan.

Uning 1975-yilda tugʻilgan ukasi M.S “Nimaga spirtli ichimlik ichaverasan” deb akasi bilan gap talashib, janjallashib qoladi. Aka ukasining bosh sohasi va gavda qismiga bir necha marta qoʻllari bilan urib, oyoqlari bilan tepgan.

Natijada M.S tan jarohati olib, xushini yoʻqotib, oʻrik daraxti ostida zax joyda yotib qolgan. B.S ukasiga tan jarohati yetkazgandan keyin, uni uyining orqa tomonidagi qum ustiga sudrab borayotib, uch marotaba yerga yiqitgan. Olgan tan jarohatlari natijasida M.S. voqea joyida vafot etgan.

Tezkor tergov natijasida B.S qoʻlga olinib sud tomonidan Jinoyat kodeksi 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan 8 (sakkiz) yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?