Mast holatda avtotransport boshqargan fuqaro profilaktika inspektorining oʻlimiga sababchi boʻldi

12:29 30 Iyul 2020 Jamiyat
496 0

Bugungidek sinovli kunlarda ichki ishlar organi xodimlari hududlarda tinchlik-osoyishtalikni taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bilan birga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda ham fidoyilik namunalarini koʻrsatib kelmoqda.

Lekin ayrim fuqarolarning hozirda belgilangan karantin tartib-qoidalariga amal qilmasdan spirtli ichimlik ichib avtomashina boshqarishi turli noxush vaziyatlarni keltirib chiqarmoqda.

Joriy yilning 29-iyul kuni soat 01:40 lar chamasida Qoʻngʻirot tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi tayanch punktlari profilaktika katta inspektori podpolkovnik Ganibayev Mansur Jangabayevich va oldin profilaktika inspektori yordamchisi lavozimida xizmat qilgan, hozirgi vaqtda jamoatchilik asosida xizmat olib borayotgan fuqaro Tanatov Janibek Asanovichning boshqaruvida boʻlgan “Nexia-1” rusumli davlat belgisi 95 S 992 CA avtomashinasida oʻziga biriktirilgan maʼmuriy hududida xizmat olib borib, ushbu avtomashina bilan A-380-Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu avtomagistrali yoʻlining 868-869 km oraligʻida yoʻlning chetida turgan paytida, Qonlikoʻl tumanida yashovchi 1988-yilda tugʻilgan fuqaro K. B. mast holatda oʻz boshqaruvida boʻlgan “Nexia-3” rusumli avtomashinasi yoʻlning qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelib, fuqaro J.Tanatovning “Nexia-1” rusumli avtomashinasiga kelib urilishi natijasida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.

Mazkur yoʻl transporti hodisasi natijasida fuqaro J.Tanatovning avtomashinasida boʻlgan Qoʻngʻirot tumani IIB HPB TP profilaktika katta inspektori podpolkovnik M.Ganibayev olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan, deb xabar berdi Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Hozirda holat yuzasidan Qoʻngʻirot tumani prokuraturasi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

"Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati va shaxsiy tarkibi Qoʻngʻirot tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi tayanch punktlari profilaktika katta inspektori podpolkovnik Ganibayev Mansur Jangabayevichning vafoti munosabati bilan marhumning oila aʼzolari va yaqin qarindoshlariga chuqur taʼziya izhor etadi" deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?