Oliy taʼlim muassasalariga masofaviy oʻqitishni tashkil etish huquqi berildi

11:12 07 Sentyabr 2018 Jamiyat
414 0
Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrda “Korporativ, loyiha boshqaruvi va davlat xaridlari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan oliy taʼlim muassasalariga, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalariga, ularning mulkchilik shakli va boʻysunuvidan qatʼi nazar, masofaviy oʻqitishni tashkil etish huquqi berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2018 yilning 1 oktyabriga qadar mazkur muassasalarda masofaviy oʻqitishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?