“Maska rejimi”ni buzganlar tobutga solinib, sazoyi qilindi

13:41 09 Sentyabr 2020 Dunyo
408 0

Indoneziyada amaldagi niqob taqish tartibini buzganlar tobutga solinib, koʻchalarda sazoyi qilingan. Bu haqda The Jakarta Post gazetasi xabar berdi.

Mamlakatning ayrim provinsiyalarida koʻngillilar maskada yurishni istamayotgan aholiga qarshi mana shunday noodatiy usulda kurashishgani maʼlum boʻldi. Masalan, Sharqiy Yavadagi Probolingo shahrida tekshiruv paytida niqobsiz boʻlgan 50 nafar savdogar katafalkda “sayr” qildirilgan. Shu asnoda ularga maska ham berilgan. Tobutga esa “COVID-19dan vafot etganlarni tashish uchun” degan yozuv ham bor edi. Oʻz navbatida qoidabuzarlarga maʼruzalar oʻqilgan. Hatto ayrimlariga bozor ozodaligini taʼminlash va kanalizatsiya zovurlarini tozalash bilan bogʻliq uch oylik axloq tuzatish jazosi ham tayinlangan.

Poytaxt Jakartada esa quloqsiz fuqarolar soxta tobutga yotqizib qoʻyilgan. Qolganlar esa ularni hech qanday toʻsiqsiz surat olishdi. Qonunbuzarga esa bu paytda yuzini toʻsishgagina ruxsat berilgan.

Sharqiy Jakarta jamoatchilik tartibini saqlash agentligi rahbari Budxi Novianning aytishicha, befarq va beparvo odamlarda koronavirusga chalinib, haqiqiy tobutga tushish xavfi bor.

“Biz barcha niqob taqib yurish zarur ekanligi, agar ular asosiy protokollarni buzishsa, virusga chalinib, eng yomon holatda hayotdan koʻz yumishi mumkinligini tushunishlarini xohlaymiz”, — dedi u.

Ammo hukumat oʻz vaqtida soxta tobut bilan bogʻliq bunday «samosud»larni taqiqladi.

Shunday boʻlishiga yoʻl qoʻyib bergan tartib posbonlariga esa «Xayfsan» berilgan.

Mutasaddilar esa jarimalar va jamoatchilik ishlari koʻrinishidagi jazolarning oʻzi aholini tibbiy niqob taqib yurishiga majbur qilishidan umidvor ekanliklarini bildirgan.

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?