Mashinalarni daraxtlardan uzoqroqqa qoʻying! Poytaxt hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi

15:33 17 Sentyabr 2020 Jamiyat
343 0

“Gidrometeorologiya xizmati markazi”ning maʼlumotiga koʻra, bugun poytaxtda shamol va qisqa muddatli yomgʻir kutilmoqda. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha yetishi mumkin. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

"Shamol daraxtlar va shoxlarni sindirishi, mustahkam oʻrnatilmagan konstruksiyalarni oʻrnidan qoʻzgʻatishi mumkin. Bundan ularning ostidagi odamlar va avtotransport vositalariga shikast yetishi mumkin.

Barcha toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlaridan kuchli shamol kuzatilganida koʻchada harakatlanmasliklarini, avtomobillarini daraxtlar va boshqa turli mustahkam boʻlmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qoʻyishlarini soʻraymiz.

Oʻzingiz va mulkingizni baxtsiz hodisalardan asrang", deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?