Mashina olib berish uchun 1,2 ming dollar «shapka» olayotgan yana bir firibgar ushlandi

12:25 25 May 2018 Jamiyat
392 0
Foto: auto-uzbekistan.com

Xorazmda ham GM Uzbekistan zavodida ishlab chiqarilgan avtomobilni navbatsiz olib berishga va’da bergan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Xabarda qayd qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shovot tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J. fuqaro X.ning o‘g‘li nomiga “GM Uzbekistan” avtosalonlarida ishlovchi tanishlari orqali “Damas” rusumli avtomashina xarid qilish uchun shartnoma olib berish hamda avtomashinani olish navbatini tezlashtirish evaziga 1.200 AQSh dollari, shuningdek 51,5 mln. so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bu pora evaziga mashina olib berishni va’da qilib qo‘lga tushayotgan birinchi jinoiy holat emas. Oldinroq Sirdaryoda "Spark" olib berishni va’da qilgan salon xodimi 500 dollar pora bilan qo‘lga tushgandi. Undan oldinroq esa, Toshkentda "Lasetti" uchun 1,4 ming dollar olgan shaxs ushlangandi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?