Mashina ichidan salkam 10 ming dollarni oʻgʻirlagan shaxslar qoʻlga olindi

14:48 11 Sentyabr 2018 Jamiyat
202 0
Illyustrativ foto

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida “Lasetti” salonidan 9 575 AQSH dollarini oʻgʻirlab ketgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 28 iyul kuni nomaʼlum shaxs Bunyodkor koʻchasi oldida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan Buxoro tumanida yashovchi Sh.B.ga tegishli “Lasetti” rusumli avtomashina salonidan 9 575 AQSH dollarini oʻgʻirlab ketgan va holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan edi.

Koʻrilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Andijon shahrida yashovchi Q.U. va muqaddam sudlangan U.U.lar sodir etganliklari aniqlanib, ular qoʻlga olingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?