Mashhur golland kompaniyasi O‘zbekistonda turistlar uchun navigatsiya xaritalarini yaratadi

14:43 30 Iyul 2018 Jamiyat
256 0
​Foto: infocom.uz

Toshkentda “O‘zdavergeodezkadastr” qo‘mitasi va Niderlandiyaning TomTom kompaniyasi vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar smartfonlar uchun navigatsiya xaritalari, yo‘nalishlarni rejalashtirish uchun avtomobil navigatorlari, shaxsiy navigatorlar va veb-ilovalar ishlab chiqish hamda qo‘mita xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha kelishib olishdi.

Navigatsiya xaritalari sayyohlar uchun yo‘l va turistik belgilarni topish, diqqatga sazovor joylar, mehmonxonalar va restoranlar yo‘nalishlarini aniqlash, shuningdek, turistik yo‘nalishlarni rejalashtirish uchun amaliy qo‘llanmaga aylanishi lozim.

Mazkur hamkorlik mamlakat turistik jozibadorligi va salohiyatini oshirishga xizmati qilishi kutilmoqda.

TomTom – yetakchi global brendlardan biri bo‘lib, turli mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanadi. Uning platformasiga har kuni 800 mln.dan ziyoz foydalanuvchi kiradi. Masalan, Apple barcha mobil aloqalariga o‘rnatilgan navigatsiya ilovalarida TomTom xaritalaridan foydalanib keladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?