Mashhur bastakor Ennio Morrikone 91 yoshida vafot etdi

12:29 06 Iyul 2020 Dunyo
194 0

Italiyalik mashhur kompozitor Ennio Morrikone 91 yoshida vafot etdi. Manbalarga koʻra, kompozitor sal avval son suyagini sindirib olgan edi.

Kinematografiya olamida oʻz kompozitsiyalari bilan alohida oʻringa ega Morrikone hayoti davomida filmlar uchun yuzlab musiqalar yaratgan. Hozirgacha barcha tomonidan sevib tomosha qilinadigan “Bir necha dollarga koʻproq”, “Jahldor, yomon va yaxshi” kabi filmlarning musiqasini aynan u yaratgan.

Gollivuddagi faoliyatidan soʻng, Morrikone kinematografistlarni tanqid qilib oʻz kitobini nashrdan chiqardi. Uning fikricha, koʻplab rejissyorlar musiqaning kuchini anglamaydi, saundtrekka esa “orqa fondagi narsa” deya qaraydi.

1960-yildan beri musiqachi 450dan ortiq filmlarga kompozitsiya yozib bergan.

Morrikonening fikricha, musiqalarga boʻlgan “standart” yondashuv sabab oxirgi yillarda musiqa oʻz sehrini yoʻqotgan, shu sababli oʻtgan asrning filmlaridaqa musiqalar boshqa yaratilmayapti

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?