“Mashʼal” futbolchilari paxta terimida qatnashdi

18:05 02 Oktyabr 2018 Sport
3060 0
Foto: fcmashal.uz

Muborakning “Mashʼal” klubi futbolchilari paxta terimida ishtirok etishdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Xabarda qayd qilinishicha, 1 oktyabr kuni jamoaning barcha aʼzosi Muborak tumaniga qarashli dalada paxta terimi zahmatkashlariga yordam berishdi. Yakunda jamoa 300 kilogramm paxta topshirib, yurt xirmoniga oʻz ulushini qoʻshgan.

“Mashʼal” klubi paxta yigʻim-terimidan tushgan pullarni dalaning oʻzidayoq naqd koʻrinishda olib, Muborak tumanidagi kam taʼminlangan oilalarga tarqatgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?