Maʼruf Gʻaybulloyev Osiyo oʻyinlarining tarixiy oltin medalini qoʻlga kiritdi

17:43 28 Avgust 2018 Sport
264 0

Indoneziyada davom etayotgan kurash boʻyicha bahslarda tarixiy ilk oltin medal sohibi aniq boʻldi.

-66 kg vaznda gilamga chiqqan ikki nafar oʻzbekistonlik kurashchilar oʻrtasidagi bahsda Maʼruf Gʻaybulloyev ikkita chala va bir tanbeh ustunligi (3:0) bilan musobaqaning oltin medaliga sazovor boʻldi. Bu kurash turining Osiyo oʻyinlari tarixidagi ilk oltin medali boʻldi.

Ruslan Boʻriyev esa ilk kumushga medalga ega boʻlgan sportchi sifatida tarixga kirdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?