Markaziy saylov komissiyasi va “Yuksalish” umummilliy harakati saylovlarda hamkorlik qiladi

16:51 21 Oktyabr 2019 Jamiyat
123 0

Poytaxtimizda Markaziy saylov komissiyasi va “Yuksalish” umummilliy harakati oʻrtasida kelishuv bitimi imzolandi.

Unga koʻra, taraflar 2019-yil 22-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga boʻlib oʻtadigan saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida oʻzaro hamkorlik qiladi.

Imzolangan Kelishuv doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Saylov kodeksi, 2019-yilgi saylovlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha asosiy tadbirlar Dasturi hamda saylovlar jarayonini tartibga soladigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyatini saylovchilar oʻrtasida, shu jumladan, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarda keng tushuntirish koʻzda tutilgan.

Saylovlar jarayonining oshkoraligi, ochiqligi va transparentligini taʼminlash maqsadida turli soʻrovlar va infografika suratlarini tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida, jumladan , xorij matbuoti, ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilishni tashkil etish rejalashtirildi.

Mahmudova Sitora
Oʻz JOKU talabasi


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?