Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba fuqaro aviatsiyasi uchuvchilari tayyorlanadi

13:38 17 Oktyabr 2020 Jamiyat
291 0

Joriy yilning 16-oktyabr kuni Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchixonasi shafeligida Toshkent davlat transport universiteti va Yevropa aviatsiya sohasidagi eng yirik oʻquv yurti hisoblangan Fransiyaning Fuqarolik aviatsiyasi milliy maktabi (ENAC – École nationale de lʼaviation civile) oʻrtasida Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasi uchun mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha strategik hamkorlik yuzasidan videomuloqot tashkil etildi. Muloqot yakunlariga koʻra ikki taʼlim muassasasi toʻgʻrisidagi anglashuv memorandum imzolandi. Bu haqda Toshkent davlat transport universiteti axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, memorandum doirasida tomonlar Fransiya oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlari va ilmiy tadqiqot loyihalarni joriy qilishda ENAC – École nationale de lʼaviation civile vositasida milliy fuqaro aviatsiyasi uchun uchuvchilarni tayyorlash yuzasidan bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma dasturlar tuzish va oʻquv bazasini yaratish, xalqaro tajribasini oʻrtoqlashish va innovatsiyalar transferini qoʻllab-quvvatlash, Toshkent davlat transport universiteti professor-oʻqituvchilarining stajirovkalarini tashkil etish, taʼlimni raqamlashtirish va boshqa bir qator yoʻnalishlarda oʻzaro hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Memorandum ENAC oʻquv dasturlarini Toshkent davlat transporti universitetida aviatsiya mutaxassislari tayyorlash jarayoniga joriy qilish, shuningdek Markaziy Osiyoda ilk uchuvchilarni tayyorlash milliy maktabini yaratish, fuqaro aviatsiya mutaxassislari va ilmiy tadqiqotchilarining kelgusida loyihalar tahlilini shakllantirishga koʻmaklashadi.

Videomuloqotda Oʻzbekiston Respublikasining Fransiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Sardor Rustamboyev, Toshkent davlat transport universiteti va Fransiyaning Fuqarolik aviatsiyasi milliy maktabi rahbariyati va boshqa masʼullar ishtirok etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?