Markaziy Osiyodagi eng baland bino O‘zbekistonda barpo etiladi

11:46 26 Iyul 2018 Jamiyat
1086 0
Foto: Tashkent City

Dunyoga mashhur The Ritz-Carlton Hotel Company lyuks klassidagi mehmonxonalar xalqaro tarmog‘i poytaxtimiz markazida barpo etilayotgan Tashkent City ishbilarmonlar markazi loyihalaridan birida ishtirok etadi. Bu haqida markaz direksiyasi o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Xalqaro kompaniya mehmonxona boshqaruvi va xizmatlar ko‘rsatish jarayonlarini o‘z zimmasiga olishi mo‘ljallanyapti.

“Ko‘p funksiyali majmua o‘z ichiga “A+” toifasidagi biznes markazlar, Ritz Carlton besh yulduzli mehmonxonasi, Ritz Carltondan premium klass servis xizmatlari ko‘rsatiladigan xonalar, dunyoga mashhur brendlar do‘konlari galereyasini qamrab oladi”, - deyiladi xabarda.

Mazkur loyiha uchun 1,5 gektardan ziyod hudud ajratilgan. 200 metrlik bino nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyodagi eng baland inshootga aylanadi.

Qurilish ishlari bilan Murad Buildings kompaniyasi shug‘ullansa,Yaponiyaning Nihin Sekkei tashkiloti konstruksiya ishlarini o‘z zimmasiga oladi.

Qurilish jarayonlari, xarajatlar va muddatlar, sifat nazorati, ekologiya, xavfsizlik va mehnat muhofazasi esa Fransiyaning Bureau Veritas kompaniyasiga ishonib topshirilgan.

Ko‘p funksiyali majmua tashqi qiyofasi va dizayni bilan DP Architects xalqaro arxitektura byurosi shug‘ullanadi.

Eslatib o‘tamiz, The Ritz-Carlton – lyuks toifasidagi mehmonxonalarning xalqaro tarmog‘i bo‘lib, The Ritz-Carlton Hotel Company kompaniyasi tomonidan boshqariladi. Ma’muriy binosi AQSHning Merilend shtatida joylashgan va ayni paytda dunyo shaharlaridagi 90 dan ziyod mehmonxonalarga ega.

O‘z navbatida, u dunyodagi eng yirik mehmonxona xoldingi Marriott sho‘ba kompaniyasi hisoblanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?