Markaziy Osiyodagi birinchi gologramma teatri Toshkentda tashkil etildi

10:27 17 Oktyabr 2019 Jamiyat
463 0

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va “Hologram World” teatri bilan hamkorligida Yoshdar ijod saroyida “Amir Temur” nomli gologramma teatrining taqdimoti oʻtkazildi. 3D formatdagi ushbu gologramma teatr Markaziy Osiyoda ochilgan ilk teatr hisoblanadi. Tadbirda hamkor tashkilotlar vakillari, talabalar, OAV xodimlari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Mazkur teatr 5 ta muhim tashabbusning ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgani alohida taʼkidlab oʻtildi. Mazkur tashabbusning birinchi bandini joriy etish maqsadida yangi texnologiyalar asosida buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur haqida rejissyor Sanjar Matkarimov tomonidan gologrammaga asoslangan tarixiy spektakl sahnalashtirildi. Sohibqiron rolini iqtidorli aktyor Rahimjon Doʻsanov ijro etdi.

- Gologramik teatrni tashkil etishdan maqsad yoshdarga vatanparvarlikni yangi ruhda namoyish etish, ularga zamonaviy texnologik imkoniyatlar orqali bu gʻoyani singdirish hisoblanadi. - deydi gʻoya muallifi Murodilla Alimbayev. - Umuman, bu gʻoya ikki yil avval Xitoy Xalq Respublikasiga borganimda uygʻongan edi. Sababi oʻshanda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi delegatsiyasiga gologramik sahna koʻrinish namoyish etilgan edi. Buni oʻz yurtimizda ham yoʻlga qoʻyishni maqsad qildik. Ilk gologramik sahna koʻrinishi 15 daqiqadan iborat. Oʻylaymanki, ushbu tsrdagi teatr koʻpchilikka manzur boʻladi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joiz, gologramma dastavval koʻrgazmalar, konferensiyalarda va boshqa maxsus tadbirlarda foydalanilgan. Endilikda esa butun dunyoda teatr sanʼati sifatida rivojlana boshlamoqda.

Yulduz Oʻrmonova,
“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?