Markaziy Osiyo uchun yagona viza joriy etilishi muhokama qilinmoqda


Yaqin istiqbolda Markaziy Osiyo davlatlari uchun yagona viza joriy etilishi ustida ish olib borilyapti. Hozircha bu tashabbus O‘zbekiston va Qozog‘iston rasmiylari o‘rtasida muhokama qilingan bo‘lsada, yaqin qo‘shnilar Tojikiston, Qirg‘iziston ham bunga katta qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining 2018 yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati va kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.
Tashkilotchilar bu tashabbusni yurtimizga kelayotgan sayyohlik oqimini yanada kuchaytirishga xizmat qilishini ta’kidladilar. “Silk road visa” xorijlik mehmonlarga qadimiy Buyuk ipak yo‘lida joylashgan durdona shaharlar tarixi bilan yaqindan tanishish va bugungi kunidan bahramand bo‘lish imkonini beradi.
Shuningdek, tadbirda qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha faoliyati to‘g‘risidagi axboroti eshitilgani eslab o‘tildi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
- Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: