Markaziy harbiy okrugda Xalqaro armiya oʻyinlariga jangovar texnikalarni tashish uchun maxsus dala temir yoʻl inshooti qurildi (foto)

18:47 10 Iyul 2019 Jamiyat
206 0

Kecha, 9-iyul kuni Markaziy harbiy okrugiga qarashli Jizzax viloyati “Forish” togʻ poligoni yaqinida navbatdagi Xalqaro armiya oʻyinlariga va Mudofaa vazirligi miqyosidagi ayrim musobaqalarga jangovar texnikalarni tashish uchun maxsus dala temir yoʻl inshoot foydalanishga topshirildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati maʼlum qildi.

Tantanali tadbirda okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Oybek Saidov qurilish ishlarida yaqindan yordam bergan barcha xodimlar va harbiy xizmatchilarga esdalik sovgʻalar va faxriy yorliqlar topshirdi.

Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan hamkorlikda kunduzgi va tungi vaqtlarda ishlaydigan Chimqoʻrgʻon temir yoʻl hududida 3 mlrd soʻm mablagʻ evaziga maxsus dala temir yoʻl stansiyasi qurildi.

Jangovar texnikalar qoʻriqlash guruhi uchun maxsus jihozlangan har bir vagonga 150 mln soʻm mablagʻ sarflangan. Ushbu vagonlarda jangovar xizmatni olib borish uchun bir qator qulayliklar yaratilgan. Qish-yozgi mavsumdagi konditsioner, yuvinish va dam olish, kuzatuv xonalaridan iborat.

Harbiy texnikalar bilan harakatlanayotgan poyezd okrug qoʻmondonligi tomonidan onlayn tarzda kuzatilib boriladi.

Eskisidan farqli ravishda okrugda birinchi boʻlib, qisqa muddatda platformani yon tomonidan harbiy texnikalarni ortish ishlari amalga oshiriladi. Chiqish maydoni esa betondan qilinishi (avval temirdan foydalanilgan) ogʻir texnikalarni sirpanib, tushib ketishini oldini oladi.

Maʼlumot oʻrnida, Hozirda Qurolli Kuchlarda qurol-aslaha va jangovar texnikalarni tashish ishlari temir yoʻl, havo hamda avtomobil transport vositalari orqali amalga oshiriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?