Markaziy harbiy okrug hududida “Navoiy viloyati tajribasi”ga oid yangi tizim doirasida yoshlar uchun ilk bor ʼʼVatanparvarlarʼʼ poligoni barpo etiladi (foto)

18:46 22 Fevral 2020 Jamiyat
258 0

Kecha, 21-fevral kuni Navoiy shahrida joylashgan Yoshlar markazida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada “Navoiy viloyati tajribasi”ga oid yangi tizim va istiqboldagi rejalar haqida soʻz bordi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati maʼlum qildi.

Dastlab, yoshlar eʼtiboriga Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari bilan hamkorlikda qurol-aslaha hamda harbiy texnikalar koʻrgazmasi namoyish etildi.

Shundan soʻng, viloyat hokimi Qobul Tursunov “Yoshlarda harbiy vatanparvarlik ruhini shakllantirish: Muammolar, yechimlar va vazifalar” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanni ochib berdi. Konferensiyada Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Aybek Saidov hamda viloyat miqyosidagi sohaga aloqador ekspertlar, huquq-tartibot idoralari vakillari, olimlar oʻz maʼruzalari bilan qatnashdi.

Qisqa vaqt ichida viloyatdagi maktablarda “Vatanparvarlar burchagi” tashkil etilib, muassasalarni harbiy qism va Mudofaa ishlar boʻlimlariga biriktiriladi. Shuningdek, yigit-qizlar bilan harbiylashgan musobaqalarni tashkil etish, ularni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida birinchi marotaba okrug hududida “Vatanparvarlar” poligoni barpo etiladi.

Bundan tashqari, Xatirchi, Tomdi va Konimex tumanlarida tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyi tashkil etiladi. 6000 nafardan ziyod yoshlar uchun yangi ish oʻrinlarini yaratiladi. Vatanparvarlik ruhidagi asarlar yaratilish uchun koʻrik-tanlovlar, harbiy vatanparvarlik festivallari hamda harbiylarni farzandlari tahsil olayotgan maktablarda “Mening dadam – Vatan himoyachisi!” mavzusida uchrashuvlar oʻtkaziladi. MTMlarda “Ilk qadam” oʻquv dasturi ishga tushiriladi. Okrug hududidagi poligonlarda esa jangovar va taktik mashgʻulotlar oʻtkazilib, unda yoshlarni ishtiroki taʼminlanadi.

Kunni ikkinchi yarmida anjuman ishtirokchilari yosh toifasiga koʻra guruhlarga boʻlinib, mashgʻulotlarga jalb etildi.

Maʼlumot oʻrnida, joriy yilning 10-yanvar kuni Qurolli Kuchlar akademiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining navbatdagi yigʻilishida yoshlarni tarbiyalash borasida qoʻyilgan vazifalarni ijrosi yuzasidan Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi hamda Navoiy viloyati hokimligi bilan hamkorlikda “Yoʻl haritasi” ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?