Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari bilan uchrashuv

16:59 09 Yanvar 2020 Jamiyat
674 0

Markaziy harbiy okrug maʼnaviyat va maʼrifat markazida Samarqand viloyat hokimi E. Turdimovning harbiy xizmatchilar, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi tinglovchilari, muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Askarlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini ijro etishi bilan boshlangan tadbirda viloyat hokimi harbiylarni bayram bilan qutladi. Shundan soʻng ishtirokchilarga milliy armiyamizda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazidan yetishib chiqqan kichik mutaxassislarning oʻrni va vazifasi, markazda yaratilgan sharoitlar haqidagi videorolik namoyish etildi.

“Vatanparvarlik oyligi” doirasida oʻtkazilayotgan uchrashuvda viloyat hokimi yosh harbiylar bilan sohadagi oʻzgarishlar, yangilanishlar xususida muloqot oʻtkazdi.

Ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvda yosh askarlar oʻz fikr-mulohazalari,talab va takliflarini bildirishdi.

Abdulaziz Yoʻldoshev “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?