Markaziy bank valyutalarning yangi kursini eʼlon qildi

11:14 20 Avgust 2019 Iqtisodiyot
153 0

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 21-avgustdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi:

Kurs boʻyicha 1 AQSH dollari 323 soʻmga oshib, 9384 soʻmni tashkil etdi.

1 yevro 301,58 soʻmga oshib, 10 393,72 soʻmga yetgan.

1 rubl 1,67 soʻmga koʻtarilib, 140,14 soʻm boʻldi.

Valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Bundan oldin, 20-avgustdan tijorat banklaridagi kurs va valyuta ayirboshlash shoxobchalarida naqd valyuta sotish boshlangani xabar qilingandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?