Markaziy bank sayti xakerlar hujumiga uchradi

17:18 28 Avgust 2018 Jamiyat
339 0

Kecha Ispaniya Markaziy banki xakerlar hujumiga uchrashi oqibatida ishlamay qolgan. Bu haqda ABC xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, mazkur moliya muassasasi veb-sahifasiga kirishdagi muammolar yakshanba kunida ham kuzatilgan. Ayni paytda texnik xizmat ushbu hujum asoratlarini bartaraf etish ustida ish olib boryapti. Manbaning qayd etishicha, kiberxurujdan koʻzlangan maqsad Markaziy bank saytini ishdan chiqarish boʻlgan.

Biroq mazkur urinish sayt va uning maʼlumotlar bazasiga jiddiy zarar yetkazmagan, shuningdek, qandaydir maʼlumotlarni tashqariga chiqib ketish xavfi ham yoʻq.

Ushbu jinoyatni sodir etganlar hozircha aniqlanmadi, lekin ular Anonymous xakerlik guruhiga tegishli ekanligi taxmin qilinmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?