Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini 16 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirildi. Bunga koronavirusning ham taʼsiri bor

16:54 05 Mart 2020 Iqtisodiyot
475 0

Arxiv surat

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI PRESS-RELIZI

Markaziy bank Boshqaruvining 2020-yil 5-martdagi qarori bilan asosiy stavka yillik 16 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirildi

Ushbu qaror tartibga solinadigan narxlarning kutilayotgan erkinlashtirilishihamda koronavirus bilan bogʻliq boʻlgan tashqi iqtisodiy noaniqliklarning kuchayishi bilan izohlanadi.

Markaziy bank hisob-kitoblariga koʻra inflyatsiyaning eng yu qori darajasi joriy yilning ikkinchi choragida kuzatilishi mumkin. Ayni va qtda, 2020-yilning ikkinchi yarmida tariflar oʻsishining inflyatsiyaga taʼsiri pasayib boradi va yil oxirida inflyatsiya darajasi prognoz koridorining yu qori chegarasiga yaqinlashadi.

Oʻtgan yillardagi inflyatsiya xususiyatining tahlili shuni koʻrsatadiki, davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlar va xizmatlar narxlarining muntazam tizimli ravishda oshirib kelinishi inflyatsiyaning asosiy omillaridan boʻlgan. Taʼkidlash joizki, ushbu so halarda narxlar shakllanishining bozor tamoyillarini joriy qilishni kechiktirish keyinchalikham narxlarni har yil oshirib borishni talab qiladi. Bu, oʻz navbatida, qoʻshimcha inflyatsion bosimni yaratishda davom etadi va 2023-yilga kelib inflyatsiya boʻyicha ma qsadli koʻrsatkichga – targetga erishishni qiyinlashtiradi.

Narxlarning oʻzgartirishni bir bosqichda amaga oshirish orqali bozor tamoyillarini joriy etilishi inflyatsiyaga maʼlum darajada qisqa muddatli taʼsir koʻrsatishi mumkin, biroq bu, oʻz navbatida, ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish yoʻlidagi muammolarni bartaraf etishga, respublika hududlarida energiya resurslaridan foydalanish imkoniyatlarining kengayishiga hamda tovarlar va xizmatlar taklifi hajmining koʻpayishiga xizmat qiladi.

Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar. 2020-yilning fevral oyida yillik inflyatsiya yanvar oyiga (14,3 foiz) nisbatan 0,8 foiz bandga va 2019-yilning dekabr (15,2 foiz) oyiga nisbatan 1,7 foiz bandga pasayib, 13,5 foizni tashkil qildi.

2020-yil fevralda bazaviy inflyatsiya 2019-yil dekabrga nisbatan solishtirganda 1,4 foiz bandga pasayib, 12,5 foizlik darajagacha tushdi.

Inflyatsiya darajasining pasayishiga, birinchi navbatda, fundamental omillar, jumladan, iqtisodiyotni kreditlash hajmi va byudjet xarajatlarining oʻsish surʼatlarining sekinlashuvi, shuningdek, 2019-yilda yuzaga kelgan bir martalik omillar (oʻtgan yil yanvar oyida QQSga tortiladigan bazaning kengayishi, avgust oyida milliy valyuta kursining devalvatsiyasi hamda energiya resurslari narxining oshishi, oktyabr oyida un va non narxining erkinlashtirilishi) taʼsirining qisqarishi sabab boʻldi.

Mavsumiy tebranishlarning taʼsirining kamayishi joriy yilning yanvar-fevral oylarida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqaror boʻlishiga xizmat qildi va ushbu guruh narxlarining oʻsishi 2,4 foizni tashkil qildi (2019-yilning yanvar-fevral oylarida 4,9 foiz).

Saqlash infratuzulmasining kengayishi va issiqxonalar tarmogʻining rivojlanishi hisobiga qish oylarida meva va sabzavotlar narxining keskin oshishi kuzatilmadi. Xususan, 2019-yilning yanvar-fevral oylarida mevalar 15,6 foizgasabzavotlar 13,8 foizga oshgan boʻlsa, joriy yilda narxlar oʻsishi qariyb ikki barobarga pasayib, mos ravishda 7,7 foiz va 6,3 foizni tashkil qildi.

Shuningdek, bugʻdoy uni va non mahsulotlari narxlarining bozor sharoitlariga moslashib borishi natijasida ularning INIga taʼsiri sezilarli darajada pasaydi va non mahsulotlarining ulushi 0,08 foiz bandni tashkil qildi (2019-yil yanvar-fevral oylarida 0,2 foiz band).

Mazkur davrda goʻsht va goʻsht mahsulotlari narxlarining oʻsishi 2019-yilning yanvar-fevral oylaridagi kabi ( 2,3 foiz) boʻlib, inflyatsiyaga sezilarli taʼsir koʻrsatdi.

2020-yil yanvar-fevral oylarida nooziq-ovqat tovarlari narxining oʻsishi 0,8 foizni (2019-yilning mos davrida — 2 foiz), xizmatlar tariflarining oshishi 0,6 foizni tashkil qilib, 2019-yilning mos davriga nisbatan (1,3 foiz) ikki barobarga sekinlashdi.

Aholining va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari, 2019-yil IV choragidagi oʻsishdan soʻng, 2020-yil yanvar-fevralda sezilarli darajada pasaydi. Xususan, aholi va tadbirkorlik subyektlarining oʻrta muddatlikutilmalari 2019-yil dekabr oyidagi 18 foiz va 18,1 foizdan 2020-yil fevral oyida mos ravishda 15,5 foiz va 16,3 foizgacha pasaydi.

Pul-kredit sharoitlari moʻtadil fiskal siyosat sharoitlari, iqtisodiyotga kreditquyilmalari qoldigʻining yuqori boʻlmagan darajada oʻsishi va pul-kredit siyosati bozor instrumentlarining faol qoʻllanilishi taʼsirida shakllandi.

Pul-kredit siyosati instrumentlari yangi qatorining joriy etilishi banklararo pul bozori oʻrtacha tortilgan foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasiga yaqinlashishiga sharoit yaratdi (yanvar oyida 15,8 foiz va fevral oyida 15,2 foiz).

Joriy yil boshidan Markaziy bank tomonidan 1,75 trln. soʻmlik qisqa muddatli obligatsiyalar muomalaga chiqarildi, 2 trln. soʻmlik byudjet mablagʻlari Markaziy bank depozitiga jalb etildi va bu bank tizimi likvidligida mavjud tarkibiy profitsitni qisqartirishga yordam berdi.

Fevral oyida Markaziy bank tijorat banklariga REPO operatsiyalari orqali 53 mlrd. soʻmlik va SVOP operatsiyalari orqali 261 mlrd. soʻmlik likvidlikni taqdim etdi. Ortiqcha likvidlikni jalb etish maqsadida 110 mlrd. soʻmlik ikki haftalik depozit auksionlari va 310 mlrd. soʻmlik overnayt depozitlari jalb etildi.

2020-yilning yanvar-fevral oylarida iqtisodiyotga ajratilgan kreditlarning oʻsish surʼati 2019-yilning mos davriga ( 6,0 foiz) nisbatan 3,5 foiz bandga pasayib 2,5 foizni tashkil etdi.

Kredit portfeli umumiy oʻsish surʼatining pasayishiga qaramasdan bozorning turli segmentlarida kreditlarning oʻsish dinamikasi turlicha boʻldi.

Jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi isteʼmol va ipoteka kreditlari segmentida yuqori oʻsish surʼati ( 5,2 foiz) kuzatildi (umumiy kredit portfeli oʻsishining 38 foizini tashkil qildi). Ushbu kreditlar boʻyicha foiz stavkalarning nisbatan yuqori boʻlishiga qaramasdan, ularga boʻlgan talabning yuqoriligi quyidagilar bilan izohlanadi:

isteʼmol kreditlar bozori nisbatan yangi boʻlganligi uchun uzoq yillar davomida yigʻilib qolgan yuqori talab;

isteʼmolchilar moliyaviy savodxonlik darajasining yuqori emasligi;

eng asosiysi, mamlakatda bir necha yillar davomida yuqori inflyatsiya kuzatilganligi sababli, iqtisodiyotda yuqori foiz xarajatlarini qaytarishning qiyin boʻlmasligi toʻgʻrisidagi fikrlarning saqlanib qolishi.

Xorijiy valyutadagi kreditlar foiz stavkalarining nisbatan past ekanligi ushbu kreditlar hajmining 3,4 foizga oshishiga sabab boʻldi.

Ushbu tendensiyaning davom etishi aholini kreditlash va xorijiy valyutadagi kreditlar boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatarlarni oldini olish hamda qarz yukining muvofiq darajasini saqlab turish maqsadidamakroprudensial choralari qoʻllab boriladi.

Umuman, joriy yilning yanvar-fevral oylarida fuqarolarning milliy valyutaga boʻlgan ishonchi ortib borishi davom etdi.

Yanvar-fevral oylarida jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi muddatli omonatlari 9,4 foizga oshdi, xorijiy valyutadagi omonatlar esa deyarli oʻzgarmadi.

Iqtisodiyotga qoʻshimcha pul yoʻnaltirish (byudjet xarajatlari, kreditlar) surʼatining moʻtadillashishi ichki valyuta bozorida talabning muvozanatlashuviga imkon yaratdi.

Agar 2019-yilning IV choragida soʻmning almashuv kursi 0,7 foizga qadrsizlangan boʻlsa, 2020-yilning yanvar-fevral oylarida nisbatan barqaror dinamikani namoyon qildi. Mazkur tendensiya inflyatsiyaga pasaytiruvchitaʼsir koʻrsatdi.

Byudjet xarajatlari va iqtisodiyotni kreditlash hajmini qisqartirish boʻyicha amalga oshirilgan choralar muayyan darajada importga boʻlgan talabning muvozanatlashuviga olib keldi. Xususan, 2020-yilning yanvar oyida importning yillik oʻsish surʼati 23 foizgacha (2019-yilning yanvar oyida 43 foiz, fevral oyida 40 foiz) sekishlandi.

Noaniqlik va xatarlar. Jahon iqtisodiyotida koronavirus tarqalishi bilan bogʻliq boʻlgan iqtisodiy muammolar Oʻzbekiston iqtisodiyotiga ham muayyan darajada taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Bunda taʼsir koʻlami jahon iqtisodiyotidagi xatarlarning davomiyligi bilan baholanadi.

Isteʼmol savatchasida sezilarli ulushga ega boʻlgan Xitoydan import qilinadigan ayrim tovarlar hajmining qisqarishi ichki bozorda narxlarga maʼlum bosimni yuzaga keltirishi mumkin.

Ichki narxlar darajasiga “koronavirus” taʼsirining bir martalik qisqa muddatli boʻlishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Xitoydan import qilinadigan tovarlar boʻyicha qoplanmagan talab ichki ishlab chiqarishning kengayishi va boshqa davlatlardan yangi import yoʻnalishlarining yoʻlga qoʻyilishi orqali qoplanadi va natijada oʻrta muddatli istiqbolda narxlar bar qarorlashadi.

Ichki bozorda goʻsht va goʻsht mahsulotlariga boʻlgan talabning sezilarli oshishiga nisbatan taklif hajmining nomuvofiq oʻsishi narxlarga maʼlum darajada bosim yaratadi.

Chorvachilik sohasini tubdan rivojlantirish va bu uchun zarur boʻlgan ozuqa bazasini shakllantirish orqali ichki bozorni uzluksiz goʻsht mahsulotlari bilan taʼminlash, maʼlum bir vaqtni talab qiladi. Shu bilan birga, boshqa davlatlardan (Belarus, Ukraina, Qozogʻiston, Qirgʻizston) goʻsht importining yetarli darajada emasligi, shuningdek, goʻsht importi narxining oshishi oʻrta muddatli istiqbolda goʻsht narxiga taʼsir koʻrsatadi.

Yana bir bor taʼkidlash lozimki, transport infratuzilmasini, bozorlarda raqobatni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini uzluksiz gaz va elektr energiya bilan taʼminlash sohalarida zaruriy tarkibiy islohotlarni amalga oshirish inflyatsiya darajasi barqaror pasayishining asosiy omillaridan hisoblanadi.

Inflyatsiya prognozi. 2020-yilning yanvar-fevral oylarida inflyatsiyaning pasayib boruvchi tendensiyasi kreditlarning yuqori oʻsishni oldini olish va fiskal intizomning kuchaytirilishi orqali iqtisodiyotda inflyatsiya bosimini va inflyatsiyaga nomonetar omillar taʼsirini pasaytirish, xususan tartibga solinadigan energiya resurslari narxlarini erkinlashtirish jarayonini kelgusi yillarga qoldirmasdan amalga oshirish mumkinligini koʻrsatdi.

Bunda, inflyatsiya darajasini prognoz doirasida ushlab turish quyidagilar omillar hisobiga taʼminlanadi:

umumiy fiskal balans taqchillik, OʻTTJ daromad va xarajatlari muvozanatlashuvini taʼminlagan holda, 2020-yilda tasdiqlangan parametrlarga (YAIMga nisbatan 2,7 foiz) toʻliq mos boʻlishini taʼminlash;

banklar kredit portfelining moʻtadil oʻsish surʼati, yaʼni YAIMning nominal hajmi oʻsish surʼatidan oshmaydigan (25 foiz atrofida) darajada boʻlishi hamda kelgusi davrda kredit bozorida segmentlashuv darajasining pasayishi bilan pul-kredit siyosatining joriy sharoitini saqlab qolish;

tashqi qarzning muvozanatli oʻsishi, xususan, xorijiy valyutadagi kreditlar oʻsishi va iqtisodiyotdagi qarz yukining muvozanatlashuvi hamdadollarizatsiya darajasining pasayishi.

Bunda, Markaziy bank tashqi va ichki sharoitlar taʼsirida inflyatsiyaning omillari va xatarlari xususiyatini chuqur oʻrganishda davom etadi hamda inflyatsiya prognoz dinamikasining shakllanishidan kelib chiqib asosiy stavka darajasi boʻyicha tegishli qarorlarni qabul qiladi.

Markaziy bank Boshqaruvining asosiy stavkani koʻrib chi qish boʻyicha asosiy majlisi 2020-yilning 23-apreliga rejalashtirilgan. Yigʻ ilish yakunlanganidan soʻng Press-reliz eʼlon qilinadi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?