Mark Riz: Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” asarini ingliz tiliga tarjima qilmoqchiman

15:11 19 Oktyabr 2020 Jamiyat
203 0

21-oktyabr Oʻzbek tili kuni bayrami munosabati bilan AQSH harbiy-dengiz akademiyasi Mintaqaviy tadqiqotlar markazining sobiq direktori Mark Rizxalqimizga oʻzining samimiy tabrigini yoʻlladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

— Sizni Oʻzbek tili kuni bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etaman, - dedi M.Riz. - Men Abdulla Qodiriyning «Oʻtkan kunlar» romanini ingliz tiliga tarjima qilganimni yaxshi bilasiz. Oʻzbek tili mening hayotimga juda katta taʼsir koʻrsatgan. 1994-yil Qoʻqon shahrida yashagan davrimdan boshlab oʻzbek tilini oʻrganyapman.

Oʻsha paytda Oʻzbekiston oʻz mustaqilligiga erishganiga 3 yil toʻlgan edi. Men “Tinchlik korpusi” vakili edim. Shu oʻrinda aytishim joizki, soʻnggi 26 yil mobaynida oʻzbek tili meni butunlay oʻziga maftun etdi. Men bu tilning “asiri”ga aylandim. Oʻzbek urf-odatlarini, mamlakatingiz tarixini, madaniyatini va diniy taʼlimotini oʻzbek tilini chuqur bilish orqaligina oʻrganish mumkin. Shuning uchun ham oʻzbek tili hayotimda alohida iz qoldirgan.

Xudo xohlasa, kelgusi yil Toshkentga borib, oʻzbek tilini yana-da chuqurroq oʻrganishni niyat qilyapman. Shu bilan birga, Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” asarini tarjima qilish asosiy rejalarimdan biri.

Oʻzbekistonni, oʻzbeklar bilan bir dasturxon atrofida oʻtirib choy ichib, suhbatlashishni juda sogʻindim.

Yana bir bor bayramingiz muborak boʻlsin!

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?