Marina Pikulina: Toshkent konferensiyasi Afg‘onistondagi nizoni tartibga solish bo‘yicha yangi g‘oyalar ishlab chiqiladigan maydonga aylanishiga shubha yo‘q

17:40 26 Mart 2018 Siyosat
773 0

O‘zbekiston yangi muzokaralar o‘tkaziladigan, turli mamlakatlardan kelgan ekspertlar ishtirokida Afg‘onistondagi nizoni tartibga solish bo‘yicha yangi g‘oyalar ishlab chiqiladigan maydonga aylanishiga shubha yo‘q.

“Men ko‘plab konferensiyalarda ishtirok etganman. Turli davlatlardan ekspertlar Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solishda O‘zbekistonning rolini yuqori baholashini yaxshi bilaman. Birinchidan, O‘zbekiston turli minbarlarda hamisha Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishni ilgari surib kelgan. O‘ylashimcha, yangi imkoniyatlar paydo bo‘lgan, Markaziy Osiyoda va turli yo‘nalishlarda integratsiya ketayotgan bugungi pallada aynan O‘zbekiston Afg‘oniston bo‘yicha turli tashabbuslar va tarixiy jarayonlarning bosh tashabbuskori bo‘lishi mumkin. Xususan, O‘zbekiston yangi muzokaralar o‘tkaziladigan, turli mamlakatlardan kelgan ekspertlar ishtirokida Afg‘onistondagi nizoni tartibga solish bo‘yicha yangi g‘oyalar ishlab chiqiladigan maydonga aylanishiga shubha yo‘q”,  Markaziy Osiyo bo‘yicha tahlilchi-ekspert Marina Pikulina “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019