Shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Marg‘ilondagi mehribonlik uyining direktor o‘rinbosari 16 yilga qamaldi

09:26 16 Avgust 2018 Jamiyat
420 0

Marg‘ilon shahar 1-Mehribonlik uyi mansabdor shaxslari tomonidan sodir qilingan jinoyatlar yuzasidan muassasaning mansabdor shaxslari va xizmatchilariga doir ish yuzasidan hukm chiqarilganligi, shu bilan birga voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy erkinlikka qarshi sodir etilgan jinoyatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudining yopiq sud majlisida ko‘rilayotganligi haqida avvalroq ma’lum qilingan edi.

O‘zA xabariga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudining yopiq sud majlisining hukmi bilan Q.Qodirov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 119-moddasining 4-qismi va boshqa moddalar bilan uzil-kesil 15 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Shuningdek, shu sudning boshqa tarkibi tomonidan yopiq sud majlisida Mehribonlik uyining direktor o‘rinbosari S.Usmanovga oid jinoyat ishi yakunlanib, unga Jinoyat kodeksi 119-moddasi 3-qismining “a” bandi va boshqa moddalar bilan uzil-kesil 16 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?