«Mard oʻgʻlon» davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida

10:47 01 Iyul 2019 Siyosat
689 0

Oʻzbekiston Respublikasi ­Prezidentining Qarori

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda faollik koʻrsatib, oʻzining bilim va iqtidori, intiluvchanligi va tashabbuskorligi, halol va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, qatʼiy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, yurt istiqboli uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir boʻlgan fidoyi va mard oʻgʻlonlarimizni munosib ragʻbatlantirish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PF–5106-son Farmoni va 2017-yil 21-noyabrdagi “Mard oʻgʻlon” davlat mukofotini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3402-son qaroriga asosan:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli yigitlarini fan, taʼlim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, sanʼat, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflari ilovadagi roʻyxatga muvofiq maʼqullansin.

2. “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga “Yoshlar kuni” arafasida oʻtkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va koʻkrak nishonlari topshirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini taʼminlasin.

4. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblarining ibratli faoliyati, ularning noyob isteʼdodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi K. K. Kuranbayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                            Sh. Mirziyoyev

Toshkent shahri,

2019-yil 28-iyun

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ–4367-son qaroriga ilova

“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar

ROʻYXATI

Masharipov Elyor Shomurod oʻgʻli — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy qism guruh katta ofitseri (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)

Radjapov Alisher Muxadinovich — Nukus sport kollejining 3-bosqich oʻquvchisi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)

Pozilov Dilxushbek Orifjon oʻgʻli — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Andijon shahar yongʻin xavfsizligi boʻlimi harbiylashtirilgan qism boshligʻining oʻrinbosari (Andijon viloyati)

Umarov Oybek Tulkunjanovich — Andijon mashinasozlik instituti laboranti (Andijon viloyati)

Bafoyev Shahboz Shamsiddin oʻgʻli — “Vatanparvar” tashkilotining Gʻijduvon avtomobil maktabi avia-raketamodel toʻgaragi rahbari (Buxoro viloyati)

Ismoilov Doniyor Lazizjonovich — Qorakoʻl tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining 9-sinf oʻquvchisi (Buxoro viloyati)

Baturov Bobo-Usmon Shamsutdin oʻgʻli — Paxtakor tumanidagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabining boks boʻyicha murabbiyi (Jizzax viloyati)

Okanov Sayfiddin Muxiddin oʻgʻli — Jizzax davlat pedagogika institutining 1-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)

Abduraimov Elmurod Abdusalomovich — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qoʻshinlari harbiy qism guruh komandiri (Qashqadaryo viloyati)

Raupov Sharifjon Bayramali oʻgʻli — “Hunarmand” uyushmasining Gʻuzor tumani boʻlimi aʼzosi, hunarmand-zargar (Qashqadaryo viloyati)

Nomozov Davronbek Zokir oʻgʻli — “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining Markaziy kon boshqarmasi sex muhandisi (Navoiy viloyati)

Tashpoʻlatov Asatbek Zohidjon oʻgʻli — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Navoiy akademik litseyi 1-bosqich oʻquvchisi (Navoiy viloyati)

Abdumutalov Muhammadsiddiq Qahramonjon oʻgʻli — Kosonsoy tumanidagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabining karate boʻyicha murabbiyi (Namangan viloyati)

Moʻminov Temurbek Rustamjon oʻgʻli — Norin tumanidagi “Omadbek boʻstoni” fermer xoʻjaligi boshligʻi (Namangan viloyati)

Ruzimurodov Asqar Sobir oʻgʻli — Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtining 3-bosqich kursanti (Samarqand viloyati)

Uzbekov Lazizxon Xomidxon oʻgʻli — Samarqand ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining 3-bosqich oʻquvchisi (Samarqand viloyati)

Bahromov Nodirbek Olimjon oʻgʻli — Boyovut tumanidagi 30-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi (Sirdaryo viloyati)

Qurbonov Javohir Abdumalik oʻgʻli — Sirdaryo tumanidagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabining ogʻir atletika boʻyicha murabbiyi (Sirdaryo viloyati)

Azizov Shahzod Abdugʻani oʻgʻli — Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassis-oʻqchisi (Surxondaryo viloyati)

Sherboyev Alisher Safar oʻgʻli — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism mutaxassisi (Surxondaryo viloyati)

Boltayev Bexzodbek Matyoqub oʻgʻli — Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 5-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

Xolmurzayev Shaxboz Ibragim oʻgʻli — Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 4-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

Zokirov Elyorjon Anvarovich — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimi (Fargʻona viloyati)

Qalandarov Xasanjon Odilovich — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy qism guruh komandiri (Fargʻona viloyati)

Bazarbayev Sardor Urinboyevich — Oʻzbekiston Milliy universitetining 4-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)

Madrimov Israil Modraximovich — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qorovul qoʻshinlari xodimi (Xorazm viloyati)

Yevdokimov Danil Aleksandrovich — Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining 3-bosqich oʻquvchisi (Toshkent shahri)

Shopoʻlatov Shomurod Shorasul oʻgʻli — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti tayanch doktoranti (Toshkent shahri)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?