Qozogʻistonda toshqindan zarar koʻrgan hududdan katta suv ketdi

12:57 21 May 2020 Jamiyat
454 0

Mutaxassislar Sardoba suv ombori toʻgʻoni oʻpilishi oqibatida suv bosgan qishloqlardan katta suvni chiqarilishiga muvaffaq boʻlishdi. Bu haqda Turkiston viloyati hokimining oʻrinbosari Saken Kalkamanov maʼlum qildi, deb yozadi Sputnik.

“Xushxabarni aytishga shoshilyapman! Maqtaaral tumanining suv bosgan barcha aholi punktlaridan katta suv ketdi. Hokimiyat, Kazvodxoz, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari, harbiy xizmatchilar va Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining fidokorona mehnati tufayli Sardoba suvini qisqa vaqt ichida kanallar va kollektorlar oʻzaniga qaytarish va tinch hayotni tiklashga kirishiga imkon berdi“, — deb yozdi hokim oʻrinbosari Facebookʼdagi sahifasida.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining 200 ortiq xodimi zarur texnika bilan toshqin oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish uchun Qozogʻistonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumaniga yuborilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?